YORONGUL

YORONGUL, xushboʻy yorongul (Pelargonium roseum Willd.) — yoronguldoshlar oilasiga mansub bir yillik yoki koʻp yillik oʻt yoki chala buta, efir moyli va manzarali oʻsimlik. Oʻrta Dengiz sohillarida, Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda (21 ga yaqin turi bor) tarqalgan. Yovvoyi turi chul, adir va togʻ zonalarda uchraydi. Bargi panjasimon, baʼzida patsimon ajralgan, mayda kertikli, chiroyli. Turiga qarab guli och qizil, qavorang, nim jigarrang, toʻq qizil rangda. Yorongulning yer ustki qismida oshlovchi moddalari mavjud turlari ham bor. Uning yashil bargidan va gulidan xushboʻy efir moyi olinadi. Ayrim turlari xalq tabobatida dori sifatida ishlatiladi. Istirohat bogʻlarida, xonadonlarda gul sifatida oʻstiriladi.


Lotin alifbosida maqola: YORONGUL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
OKEAN
XALQ IJODI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты