YORUQQA QARAY OLMASLIK

YORUQQA QARAY OLMASLIK, fotofobiya — koʻzning tabiiy yoki sunʼiy yoruqqa oʻta sezuvchanligi. Bunda koʻzdan yosh oqadi, xuddi bir narsa kadalayotgandek koʻz qovoqlari tortishib, ogʻriqpaydo boʻladi. Odatda, kishi normal yorugʻlikka qaray oladi, agar yoruglik oshib ketsa, nohushlik seziladi, koʻrish yomonlashadi. Bu tabiiy hol boʻlib, kasallik belgisi hisoblanmaydi. Yoruqqa qaray olmaslikda kishi normal yorugʻlikka ham qaray olmaydi. Koʻzga chang, turli zarralar va b. yot jismlar tushganda, koʻz turli gazlardan taʼsirlanganda Yoruqqa qaray olmaslik roʻy beradi. Koʻzning muguz pardasi shikastlanganda, toʻr pardaga ortiqcha yorug taʼsir etganda, uning tashki pardalari (muguz va rangdor pardalar) yalligʻlanganda, baʼzi infeksion kasalliklar (gripp, qizamik va b.)dan asorat qolganda ham kishi yoruqqa qaray olmaydi. Koʻz kasalliklari — konyunktivit, keratit, iridotsiklit va b. da yorugʻni sezuvchanlik ortadi. Shuning uchun Yoruqqa qaray olmaslik alomati paydo boʻlganda darhol koʻz doktoriga murojaat qilish zarur. Davosi: asosiy kasallik bartaraf qilinadi, qora kuzoynak taqib yurish tavsiya etiladi.


Lotin alifbosida maqola: YORUQQA QARAY OLMASLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KOʻZ
YER
KERATIT
INFEKSION KASALLIKLAR
KONYUNKTIVIT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты