YORUGʻLIK BILAN DAVOLASH

YORUGʻLIK BILAN DAVOLASH, fototerapiya — quyosh nuri yoki sunʼiy manbalar yorugʻligini profilaktika va davolash maqsadida qoʻllash; fizыoterapыyanit bir boʻlimi. Sunʼiy manbalarga choʻgʻlanma simi boʻlgan, infraqizil va koʻzga koʻrinadigan nurlar bilan nurlantiradigan apparatlar (infraqizil nurlar b-n nurlantirgich, yorugʻlik issiqligi bilan nurlantirgich — sollyuks. Minin lampasi, mahalliy elektr yorugʻlik vannalari, shuningdek, ultrabinafsha nurlar b-n nurlantirish uchun simobkvarsli lampalar) kiradi. Infraqizil nurlarning fiziologik taʼsiri issiqlikning naf berishiga asoslangan. Ana shu nurlar taʼsirida haroratning koʻtarilishi toʻqimalarda moddalar almashinuvi jarayonining tezlashishiga, tomirlarning reflektor kengayishiga sabab boʻladi, bu esa toʻqimalar oziqlanishining yaxshilanishi, infiltratlarning soʻrilib ketishiga yordam beradi va h. k. Ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirilganda terida biologik faol moddalar (gistamin, D vitamin) hosil boʻladi, ular organizmga umumiy taʼsir koʻrsatib, uning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi. Ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish jarayonida issiq sezilmaydi, lekin 2—6 soat oʻtgach, terining nur tekkan joyi qizaradi (eritema). Qizdirish darajasi nurlantirish tezligiga va terining sezuvchanligiga bogʻliq. Yorugʻlik bilan davolashda nur dozasini toʻgʻri tanlash muhim (uni tibbiyot xodimi belgilab beradi). Uy sharoitida vrach koʻrsatmasiga muvofiq faqat Minin lampasidan foydalanish mumkin, bunda nurlantirish tartibi va qoidalariga qatʼiy amal qilish kerak. Kasalxona, poliklinika, sanatoriylar va b. davolashprofilaktika muassasalarida Yorugʻlik bilan davolash apparatlari mavjud. Sovqotish, turli shikastlanishlarda tiklanish hamda infiltratlarning soʻrilib ketish jarayonini tezlatish; furunkulyoz, saramas, nevralgiya, artrit va b. ni davolash, shuningdek, raxitning oldini olish va davolashda Yorugʻlik bilan davolash qoʻllaniladi. Silning faol shakli, xavfli oʻsmalar, yuraktomir yetishmovchiligining roʻyrost koʻrinishi, gipertoniya kasalliginint 2, 3bosqichi, yeʻruщa karay olmaslik, qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi, buyrak yetishmovchiligi va b. ayrim holatlarda Yorugʻlik bilan davolash tavsiya etilmaydi.


Lotin alifbosida maqola: YORUGʻLIK BILAN DAVOLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
VITAMINLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты