YORUGʻLIK DISPERSIYASI

YORUGʻLIK DISPERSIYASI — modda sindirish koʻrsatkichi p ning yoruglik chastotasi v ga yoki yorugʻlik toʻlqinlari faza tezligining ularning chastotasiga bogʻlikligi. Yorugʻlik dispersiyasi tufayli oq yoruglik dastasi prizma orqali oʻtganida spektrga ajralishi yuz beradi. Spektrga ajralish hodisasini oʻrganishi oqibatida I. Nyuton Yo. d. hodisasini kashf etdi (1672). Spektr sohasida shaffof boʻlgan moddada v ning kattalashishi (X ning kichrayishi) bilan p ortadi: p ning X ga bunday bogʻlanishini normal Yorugʻlik dispersiyasi deyiladi. Moddaning yutish sohasi yaqinida p ning toʻlqin uzunligi X ga bogʻliq tarzda oʻzgarishi ancha murakkab. Mas, sianin eritmasidan yasalgan yupqa prizmaning yutish sohasida qizil nurlar binafsha nurlarga nisbatan kuchliroq, yashil nur, soʻngra koʻk nur eng kam sinadi. Bunday holatni anomal Yorugʻlik dispersiyasi (X ning kichrayishi bilan p ning kamayishi) deyiladi. Moddada yorugʻlikning sinishi yorugʻlik fazaviy tezligining oʻzgarishi natijasida yuz beradi; moddaning sindirish koʻrsatkichi p=s/sf; bunda sf — yorugʻlikning muhitdagi fazaviy tezligi. Yorugʻlikning elektromagnit na. / — _ zariyasiga koʻra sf=s/ bunda ye — dielektrik singdiruvchanlik, s — magnit singdiruvchanlik. Spektrning optik sohasida barcha moddalar uchun s birga juda yaqin. Shu sababli p=h1e boʻlgani uchun Yorugʻlik dispersiyasi ye ning chastotaga bogʻlikligi b-n tushuntiriladi.


Lotin alifbosida maqola: YORUGʻLIK DISPERSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OPTIKA
FIZIKA
YER
OKEAN
YORUGʻLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты