YORUGʻLIK MANBALARI

YORUGʻLIK MANBALARI — koʻrish sezgisi bilan idrok etiladigan elektromagnit toʻlqinlar (toʻlqin uzunligi, taxm., 400 dan 750 mm gacha) manbalari. Yorugʻlik manbalari issiklik, elektr yoyi, elektr uchquni va gaz yoritqich manbalarga boʻlinadi. Yuqori trada qizdirilganda nurlanadigan mutlak kora jismlar (yorugʻlik etaloni), choʻgʻlanma elektr lampalar, Quyosh, yulduzlar va b. issiklik Yorugʻlik manbalari dir. Suyuq yoki, koʻpincha, gazsimon yonilgʻi alangasi issiklik Yorugʻlik manbalariga yaqin. Infraqizil Yorugʻlik manbalari hosil qilish uchun alanga va choʻgʻlanish manbai uygʻunlashtiriladi. Elektr yoyi va elektr uchqunidan iborat Yorugʻlik manbalari spektral emission analizida muhim. Baʼzan, inert gazlar (neon, geliy, argon) muhitiga joylashtirilgan volfram sharchalar yoki volfram oʻtkazgichlar orasida elektr yoyi hosil qilinadi. Bular yoritqich lampalar sifatida ishlatiladi, ularning sirt ravshanligi juda yuqori (1800—2000 stilb). Gaz yoritqich manbalarda elektr toki gaz yoki metall bugʻlaridan oʻtganda elektr energiyasi yorugʻlik energiyasiga aylanadi. Bunday Yorugʻlik manbalari har xil bosim ostida gazlar (koʻpincha, inert gazlar) va ayrim hollarda oz miqdorda juda elastik metall (simob) bugʻlari bilan toʻldirilgan silindr, sferik va b. shaklli shisha kolbadan iborat boʻladi. Kolba ichidagi kavsharlangan elektrodlar orasida elektr razryadi hosil boʻladi. Gaz yoritqich lampalar uchga boʻlinadi:

1) past (0,2 dan bir necha mm sim. ust. gacha) bosimda gaz yoki metall bugʻi bilan toʻldirilgan gaz yoritqich lampalar, ularda asosiy nurlanish manbai atomlar (molekulalar) yoki rekombinatsiyalanuvchi ionlar;

2) yuqori (10,2 dan 15 atm gacha) bosimda gaz yoki metall bugʻi bilan toʻldirilgan lampalar — fotolyuminessensiya lampalari, ularda asosiy nurlanish manbai gaz razryadi bilan qizdirilgan lyuminoforlar;

3) oʻta yuqori (20 dan 100 atm va undan yuqori) bosimda gaz va metall bugʻlari bilan toʻldirilgan lampalar — elektr yoritqich lampalar, ularda asosiy nurlanish manbai gaz razryadi bilan qizdiriladigan elektrodlardir.


Lotin alifbosida maqola: YORUGʻLIK MANBALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QUYOSH
YULDUZLAR
YORUGʻLIK
FIZIKA


Добавить комментарий