YORUGʻLIKNING SINISHI

YORUGʻLIKNING SINISHI — yorugʻlik ikki shaffof muhitning boʻlinish chegarasidan oʻtayotganda tarqalish yoʻnalishining oʻzgarishi (rasmga q.). Bir jinsli izotrop shaffof muhitlarning yassi va uzun boʻlinish chegarasida yorugʻlik nurlarining sinishi Snellius — Dekart sinishi qonuni boʻyicha yuz beradi. Bu qonunga binoan yorugʻlik tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati doimiy kattalikdir. Ushbu holatnitoʻla ichki qaytish hodisas i deyiladi. Yorugʻlikning sinish qonunini 1620-y. da golland olimi V. Snellius tajribalar natijalariga asoslanib ochdi. Pekin bu qonun nashr qilinmagan edi. Fransuz olimi R. Dekart 1627-y. da arab olimi AlHasan ibn alXaysamning asarlari ustida ishlashi natijasida yorugʻlik tezligini tashkil etuvchilarga ajratish orqali oʻzining yorugʻlikning sinishi qonunini yaratadi va 1637-y. da «Dioptrika» asarida nashr etadi. Shuning uchun xam bu qonunni Snellius — Dekart qonuni deyiladi.


Lotin alifbosida maqola: YORUGʻLIKNING SINISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
FIZIKA
FRANSIYA
OPTIKA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты