YORUGʻLIKNING SOCHILISHI

YORUGʻLIKNING SOCHILISHI — muhitda tarqalayotgan yorugʻlik dastasining mumkin boʻlgan barcha yoʻnalishlarda ogʻishi. Muhitning har xil jinsliligi va yorugʻlikning modda zarralari bilan oʻzaro taʼsiri Yorugʻlikning sochilishi sta sabab boʻladi. Bunda yorugʻlikning intensivligi, spektri va qutblanishi oʻzgaradi. Yorugʻlikning sochilishi asosida molekulalar, suyukliklar va h. k. ning tuzilishi oʻrganiladi. Yorugʻlikning Reley sochilishi (Reley qonuni), yorugʻlikning molekulyar sochilishi, yorugʻlikning kombinatsion sochilishi va b. xillari mavjud.

Yorugʻlikning sochilishi hodisasidan fizika, kimyo va texnikaning turli sohalarida, turlituman tadqiqotlarda keng foydalaniladi. Yorugʻlikning sochilishi spektri yordamida moddalarning atom va molekulyar xarakteristikalari, ularning elastiklik, relaksatsion va b. doimiylari aniqlanadi. Zarralarning oʻlchamlari va shakllarini aniqlashning koʻpgina usullari Yorugʻlikning sochilishi hodisasiga asoslangan. Lazer spektroskopiya asosida yorugʻlikning majburiy sochilish jarayoni yotadi va undan lazerlarsa keng foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YORUGʻLIKNING SOCHILISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
KIMYO
LAZER
OPTIKA
ATOM FIZIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты