YORUGʻSEVAR OʻSIMLIKLAR

YORUGʻSEVAR OʻSIMLIKLAR, geliofil oʻsimliklar — quyosh nuri tushadigan joylarda oʻsadigan, soyaga chidamsiz oʻsimliklar. Yo. oʻ. ning barglari nisbatan qalin, barg hujayralari mayda, ustunsimon va gʻovak toʻqimalarga yaxshi ajralgan, ogʻizchalari koʻp, barg toʻrlari yaxshi rivojlangan. Barg hujayralarida xloroplastlari soyada oʻsadigan oʻsimliklarga nisbatan ancha koʻp, fotosintez intensivligi juda yuqori boʻladi. Yorugʻsevar oʻsimliklarga zubturum, akatsiya, gʻoʻza, erta bahorda koʻkarib chiqadigan va dasht oʻsimliklari kiradi.


Lotin alifbosida maqola: YORUGʻSEVAR OʻSIMLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FOTOSINTEZ
QUYOSH
BARG
GʻOʻZA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты