YORGʻUCHI — 1) Markaziy Osiyoda hukm surgan turkiy saltanatlarda davlat va shariat qonunqoidalari asosida ish koʻrgan amaldor shaxe. Yorgʻuchi mahkamaga tushgan turli ishlarni koʻrish va hukm chiqarish bilan band boʻlgan. Yorgʻuchi atamasi arab tilidan oʻzlashgan qozi istilohining faol qoʻllanishi tufayli oʻzbek tili lugʻat xazinasidan siqib chiqarilgan;
2) Moʻgʻullar davlatida (maye. Oltin Oʻrdat) Yasa boʻyicha ish koʻruvchi sudya, sud aʼzosi.
Ad:. Dadaboyev X., Obщyestvennopoliticheskaya i sotsialnoekonomicheskaya terminologii v tyurkoyazыchnыx pismennыx pamyatnikax 11 — 14 vv., T., 1991.