YOSIN TIZMASI

YOSIN TIZMASI — Qashqadaryo viloyatiningjan. sharqidagi tizma. Koʻhitang tizmasiint shim. gʻarbiy chekkasida joylashgan. Eng baland joyi 1401 m, tizma jan. gʻarbga tomon (1100 m) pasayib boradi. Uz. 18 km. Yosin tizmasi ningjan. sharqiy yon bagri juda tik. Suvayirgʻich qismi paleogenning qattiq ohaktoshlaridan (buxoro yarusi), yon bagʻirlari paleogen, boʻr va yura davrlarining shoʻrtob gil, ohaktosh, karbonatli qumtosh, konglomeratlaridan tashkil topgan. Dagʻal mexanik tarkibli toʻq boʻz tuproklarda efemeroidlar va shuvoq tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: YOSIN TIZMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QASHQADARYO VILOYATI
YER
YURA SISTEMASI
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты