YOT JISMLAR

YOT JISMLAR — teri, quloq, burun, koʻz va b. orqali organizmga tasodifan kirib, toʻqimalar, aʼzolar va boʻshliqlarda turib qolgan narsalar (oʻq, nina, zirapcha va h. k.). Turmushda organizmga koʻpincha mayda Yot jismlar — nina yoki uning bir boʻlakchasi, zirapcha, shisha va b. kirib ketishi mumkin. Organizmga kirib qolgan, lekin infeksiya yuqmagan Yot jismlar toʻqimalarda «chandiklanib», uzoq vaqt, hatto umr boʻyi ogʻritmaydigan boʻlib saqlanib qolishi yoki, aksincha, mikrobli Yot jismlar atrofi maʼlum vaktdan keyin yalligʻlanishi mumkin. Terining ichiga kirgan zirapcha ogʻritadi va yalligʻlanib yiring boylaydi. Barmoqqa, tirnoq ostiga kirgan zirapcha ancha yomon, u koʻpincha xasmolta sabab boʻladi. Shuning uchun koʻz ilgʻaydigan zirapchani oʻtkir uchli igna bilan kishining oʻzi olib tashlashi mumkin. Nina va terining nina kirgan joyi spirt yoki yod eritmasi bilan artib tozalanishi kerak. Buning iloji boʻlmasa yoki Yot jismlar zaharli boʻlsa (mas, kimyoviy kalam parchasi) zudlik bilan shifokorga koʻrinish lozim. Yot jismlar koʻzga, burunga, quloqqa kirgan hollarda ham faqat vrach maslahati bilan ish koʻrgan maʼqul.


Lotin alifbosida maqola: YOT JISMLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
SHISHA
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты