YoSh KUCH

«YoSh KUCH» — oʻsmirlarning ijtimoiy, adabiybadiiy jurnali. Muassisi: Oʻzbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati. Toshkent sh. da oyda 1-marta chikadi. Dastlab Samarkand sh. da bolalarga moʻljallangan birinchi ijtimoiysiyosiy va adabiybadiiy jur. sifatida tashkil etilgan (1929), soʻng jur. tahririyati Toshkent sh. ga koʻchirilgan (1934). Turkistonda yosh avlodni zamon talabiga moye etib tarbiyalash maqsadida maxsus bolalar nashrlari tashkil etishga boʻlgan saʼyharakatlar 20a. ning 10y. larida boshlangan. «Yosh kuch»ning tashkil etilishi ana shu saʼyharakatlarning hosilasi edi. «Yosh kuch» ayniqsa bolalar va yoshlar nashrlarining tilini shakllantirishga muhim hissa qoʻshgan. Jur. ning 1940— 41y. lardagi sonlarida koʻpgina adabiy asarlar, adabiytanqidiy maqolalar yoritilgan. Xususan, Navoiyning 500-yillik yubileyi munosabati bilan bir qator maqolalar, shoir adabiy merosidan namunalar berilgan. Nizomiy, Fuzuliy kabi ulkan adiblarning asarlari, sharqshunos olim Ye. E. Bertelsning bir necha ilmiy maqolalari, Toʻxtasin Jalolovning «Xamsa talqinlari» turkum maqolalari ilk bor «Yosh kuch» sahifalarida yoritilgan. 1941-y. da urush boshlanganligi munosabati bilan koʻpgina nashrlar qatori «Yosh kuch» faoliyati ham toʻxtatilgan. 1986-y. iyul oyida «Yosh kuch» yana qayta tiklandi. Muharriri — Erkin Abdurahmonov (1996-y. dan). Jur. da turli davrlarda Qosim Boboyev (193435), Akmal Poʻlat (193536), Jalil Qodiriy (1939—41), Xudoyberdi Toʻxtaboyev (1986—93), Xurshid Doʻstmuhammad (1993—96) va b. muharrirlik qilishgan. Adadi 25000 (2002). Abduvohid Hayitov.


Lotin alifbosida maqola: YoSh KUCH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
JADIDCHILIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты