YoSh SAYYOHLAR VA OʻLKASHUNOSLAR MARKAZI

YoSh SAYYOHLAR VA OʻLKASHUNOSLAR MARKAZI — Oʻzbekistonda xalq taʼlimi tizimida oʻquvchiyoshlarga toʻgarak, klub, sayyohlik guruhlari orqali qoʻshimcha taʼlimtarbiya beruvchi bolalar muassasasi. Oʻquvchi yoshlarning qiziqishlari, intilishlari, iqtidorlariga moye toʻgarak ishlariga jalb etadi, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli va foydali oʻtkazishni uyushtiradi, bolalar isteʼdodlarini aniqlash, uni toʻgʻri tarbiyalash orqali kasbhunar tanlashlariga yordam beradi. Markaz ekskursiya, sayohat, safar, ekspeditsiya, sayyoxlik yurishlari uyushtirib, ular orqali oʻquvchiyoshlar dunyoqarashini boyitadi, bilim doiralarini kengaytiradi va mustahkamlaydi, jismonan baquvvat, har tomonlama barkamol inson qilib yetishtiradi, tabiat bilan toʻgʻri munosabatda boʻlishga oʻrgatadi, sportchialpinistlar, qutqaruv xizmati mutaxassislari, oʻqituvchitarbiyachi kabi kasb asoslarini beradi. Oʻzbekistonda dastlabki Yosh sayyohlar va oʻlkashunoslar markazi vaoʻ. m. Bolalar sayyoxlik bazasi nomi bilan 1936-y. da tashkil etilgan. OʻzR Xalq taʼlimi vazirligiga karashli Respublika Yo. s. va oʻ. m. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent sh. va viloyatlardagi 43 ta Yosh sayyohlar va oʻlkashunoslar markazi va oʻ. m. faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularga metodik yordam koʻrsatadi. Oʻzbekistondagi Yosh sayyohlar va oʻlkashunoslar markazi va oʻ. m. da toʻgaraklar yoʻnalishlari soni 22 ta boʻlib, ularda yiliga oʻrtacha 80 ming oʻquvchi shugʻullanadi, 285 ming oʻquvchi turli ekskursiya, ekspeditsiya, sayyohlik yurishlarida ishtirok etadi (2001).


Lotin alifbosida maqola: YoSh SAYYOHLAR VA OʻLKASHUNOSLAR MARKAZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XALQ TAʼLIMI
XALQ IJODI
XITOY
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты