YoSHLIK KOʻNGILLI SPORT JAMIYATI

«YoSHLIK» KOʻNGILLI SPORT JAMIYATI — OʻzRdagi umumtaʼlim maktab va b. oʻquv muassasalarining koʻngilli sport jamiyati. OʻzR xalq taʼlimi vazirligi huzurida tuzilgan (1998-y. 21 apr.). Maktab oʻquvchilari oʻrtasida sport ishlarini keng yoʻlga qoʻyish va sportni ommalashtirishga daʼvat etilgan. «Yo». k. s. j. har oʻquv yilida «Umid nihollari» oʻyinlarini oʻtkazadi. Bu oʻyinlar kuzgi taʼtilda maktab va tuman, qishki taʼtilda viloyat, bahorgi taʼtilda mamlakat miqyosida boʻlib oʻtadi. Oʻyinlar yoshlarni foydali va mazmunli harakatga yoʻnaltirish, kurashda chiniqtirish, jamoa boʻlib harakat qilish, gʻalabaga intilish fazilatlarini tarbiyalash va sportni yeshlarning hayotiy ehtiyojiga aylantirishga xizmat qiladi. Jamiyat safida 5672482 aʼzo, shulardan 311830 razryadli sportchi, 2727 ta 1 razryadli, sport ustaligiga nomzod va 86 sport ustasi bor (2001). 4619 ta sport zali, 6157 ta basketbol, 9394 ta voleybol maydonchasi, 119 ta suzish havzasi, 27 ta stadion, 4552 ta qoʻl toʻpi maydoni, 4748 ta futbol maydoni va 1830 ta tir jamiyat ixtiyoridadir.


Lotin alifbosida maqola: YoSHLIK KOʻNGILLI SPORT JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
NAMANGAN VILOYATI
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты