YOQILGʻI — yonganda muayyan mikdorda issiklik ajratadigan uglerod va uglevodorodli moddalar, energiya manbai. Qattiq, suyuq va gaz holatida boʻladi, tabiiy hamda sunʼiy xillarga boʻlinadi. Tabiiy qattiq Yoqilgʻi — yogʻoch, torf, slanes, toshkoʻmir, antratsit va b., sunʼiy Yoqilgʻi — pista kumir, koks, aglomerat va b. Tabiiy suyuq Yoqilgʻi — neft, sunʼiysi — benzin, kerosin, mazut va b., tabiiy gazeimon Yoqilgʻi — tabiiy gaz, sunʼiysi — domna gazi, generator gazi va b. Atom energiyasi va yarimoʻtkazgichlardan foydalanish texnikasi hamda nazariyasining rivojlanishi b-n yangi xil Yoqilgʻi — yadro Yo. si paydo boʻldi. Iqtisodiy nuqtayi nazardan eng arzon Yoqilgʻi — neft va tabiiy gaz. Dvigatellarda ishlatiladigan Yoqilgʻi (mas, benzin, kerosin, yadro Yoqilgʻisi, reaktiv Yoqilgʻi va b.) yonilgʻi deb ataladi. Har qanday Yoqilgʻi va yonilgʻi issiqlik ajratuvchanl i k xossasi bilan ifodalanadi. Jadvalda ish holatidagi, yaʼni isteʼmolchilarga beriladigan holatdagi Yoqilgʻi va yonilgilarning issiklik ajratuvchanligi (kaloriyasi) keltirilgan: Yo. ning turli xillari haqidagi maʼlumotlar tegishli maqolalarda beriladi (mas, gazlar, kumir, ushin, torf va q. k.).