YOQILGʻI BALANSI

YOQILGʻI BALANSI — mamlakat miqyosida har xil yoqilgʻi turlarini qazib olish, qayta ishlash va ulardan foydalanish balansi. Oʻzbekiston yoqilgʻienergetika resurelarida yoqilgʻi hissasi 99,2% ni tashkil qiladi (2000). 20a. boshlarida Oʻzbekistonning Yoqilgʻi balansida oʻtin va qisman neft (oz daraja toshkoʻmir) asosiy oʻrinni egallagan. 20a. ning 50y. lari oʻrtalaridan boshlab yangi neft va gaz konlari ochildi va ishga tushirildi. Natijada Yoqilgʻi balansida oʻtin va koʻmir hissasi kamayib, yoqilgʻi qazib olishda neft va gaz hissasi uzluksiz oshib bordi. Oʻzbekiston Yoqilgʻi balansida tabiiy gazning yalpi mikdori 1958-y. dan 1965-y. gacha 4% dan 80 % ga ortdi, neft hissasi 48,8% dan 10,5% ga, kumir hissasi 46,6% dan 9,2% ga, oʻtin hissasi 0,6% dan 0,2% ga kamaydi. Oʻzbekiston Yoqilgʻi balansining chiqim qismi tarkibi ham oʻzgardi: yoqilgʻining katta qismi sanoat va transport i. ch. ehtiyojlari uchun, bir qismi aholi ehtiyojlari uchun sarflanadi. Yoqilgʻidan sanoatning qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati kabi tarmoqlarida foydalaniladi. Ayniqsa sanoatda texnologiyu yoqilgʻi va xom ashyo sifatida gaz koʻp ishlatiladi. Oʻzbekistonda 2000-y. ga kelib respublikaning yoqilgʻienergetika balansi asosini gaz, neft va koʻmirni qazib olish tashkil qiladi Chet mamlakatlardan AQSH va Kanada neft va gaz qazib olishda oldingi oʻrinlarda turadi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiyada asosan kumir qazib olinadi, lekin bu mamlakatlarda import orqali neft va gaz isteʼmoli birinchi oʻrinda turadi.

Hojiakbar Abdubekov.


Lotin alifbosida maqola: YOQILGʻI BALANSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты