YOQUBOV Isa Rafailovich

YOQUBOV Isa Rafailovich (1938.21.10, Toshkent) — rej. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1974). Toshkent politexnika inti (1956), Toshkent davlat sanʼat intini (1965) tugatgan. Respublika qoʻgʻirchoq teatrida rej. (1966-y. dan), bosh rej. (1967—90 y. lar). Yoqubov har bir asar mazmuni va janriga moye sahnaviy shakl topishga, spektakllarning qiziqarli boʻlishiga intiladi. «Shavkatning boshidan kechirganlari» (L. Boboxonov, A. Qobulov), «Qoʻzichogʻim» (N. Roʻzimuhamedov), «Kul, kulaver, Oyxon» (M. Ushas), «Bir chigitdan ming chigit» (N. Roʻzimuhamedov, I. Yoqubov), «Farhod va Shirin» (A. Navoiy) va b. uning eng yaxshi spektakllari. Bolgariya qoʻgʻirchoq teatrida «Semurg» (Zulfiya, S. Somova), «Senimi, shoshmay tur» (A. Kurlyandskiy, A. Xait), Afgʻoniston teatrida «Olaboʻji» (M. Suponin), «Gʻaroyib musobaqa» (Ye. Speranskiy) kabi qoʻgʻirchoq spektakllarini sahnalashtirgan.


Lotin alifbosida maqola: YOQUBOV Isa Rafailovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
BOLGARIYA
FRANSIYA
OʻZBEKISTON QOʻGʻIRCHOQ TEATRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты