YOQUT XAMAVIY

YOQUT XAMAVIY (toʻliq nasabi Yokut Abu Abdulloh Shahobiddin Yoqub ibn Abdulloh ar-Rumiy al-Hamaviy) (1179, Kichik Osiyo — 1229.20.8, Halab) — mashhur sayyoh, geograf, adib, tarixchi. Bolalik chogʻida asir olingan. Uni bagʻdodlik savdogar Asqar alHamaviy Suriyaning Hama (Hamot) sh. da sotib olgan va qullarga xos ismlardan Yoqut ismini berib, Hamaviy nisbasi bilan atagan. Yoqut Xamaviy savod chiqargach, xoʻjasining tijorat ishlarini tartibga solib turgan. Keyinroq savdo ishlari bilan xoʻjasiga hamrohlik qilib koʻp mamlakatlarni kezgan. 20 yoshida qullikdan ozod qilingach, Bagʻdod sh. ga borib, ilm oʻrganishni davom ettirgan. Xorijiylarga maslakdosh boʻlgan. 13a. boshida Xurosonning Marv sh. da yashagan. 1213-y. safarga chiqib, 16 yil davomida Suriya, Falastin, Misr, Arabiston ya. o. janubi, Iroq, Eron, hoz. Afgʻoniston, Movarounnahrda boʻlib, geogr., tarix, filol., etn. ga oid maʼlumotlar toʻpladi. Manbalardan Yoqut Xamaviyning qariyb oʻnta asarining nomi maʼlum. Shulardan 1224-y. yozib tugatgan 14 jildli toponimik asari «Muʼjam ulbuldon» («Mamlakatlar lugʻati»)da Fargʻona vodiysi shahar va qishloqlariga oid maʼlumotlar ham bor. 7 jildli «Muʼjam uludabo» («Adiblar lugʻati») biografik asarida 7—13a. boshigacha yashagan va arab tilida ijod qilgan qariyb 1100 adib va olimlar haqida maʼlumot jamlagan. Asarda, jumladan, Oʻrta Osiyoning Xorazm, Buxoro, Marv, Axsikat, Samarqand, Fargʻona, Forob kabi shahar va viloyatlaridan chiqqan olimlar (Abulvafo Muhammad Axsikatiy, Abu Rashod Ahmad Axsikatiy, Abu Nasr Forobiy, MansurashShoshiy, Abulhasan Oʻzgandiy va b.)ning nomi zikr qilingan. «Muʼjam uludabo»da muallif buxorolik Ifriqiy ijodidan bahramand boʻlganligini taʼkidlagan. Bu ikki yirik asar qoʻlyozmasi bizgacha yetib kelgan, ular Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari kutubxonalarida saqlanmoqda. Yoqut Xamaviy asarlari 13a. gacha boʻlgan davr geogr. si, adabiyoti, tili, tarixini oʻrganishda muhim manba sanaladi.

Ad.: Krachkovskiy I. Yu.., Izb. Soch., 4 t., M. —L., 1957, S. 33042; Hikmatullayev H., Shoislomov Sh., Yoqut Hamaviy (Hayoti, ijodi va sayohati), T., 1965; Sb. materialы iz istorii Sredney i Sentralnoy Azii XXIX vv., T., 1988.


Lotin alifbosida maqola: YOQUT XAMAVIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
IBN SINO
IROQ
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты