YOGʻIN OʻLCHAGICH

YOGʻIN OʻLCHAGICH — atmosfera yogʻinlari (yomgʻir, qor, doʻl) miqdorini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Eng keng tarqalgan xili (V. D. Tretyakov Yogʻin oʻlchagichi) yogʻin yigʻiladigan chelaksimon idish (yogʻin tushadigan yuza 200 sm2, balandligi 40. sm) va maxsus himoya qurilmasi (chelak atrofiga mahkamlangan plastinalar)dan iborat. Yogʻin oʻlchagich yerdan taxm. 2 m balandlikda idish yuzasi qatʼiy gorizontal turadigan qilib oʻrnatiladi. Yogʻin miqsori oʻlchov stakani yordamida oʻlchanadi. Oʻlchov birligi — mm. Qattiq yogʻinlar — qor, doʻl erib suvga aylanganidan soʻng oʻlchanadi.


Lotin alifbosida maqola: YOGʻIN OʻLCHAGICH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ATMOSFERA YOGʻINLARI
OKEAN
YOGʻINLAR
ATMOSFERA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты