YOGʻINLAR

YOGʻINLAR — 1) atmosfera (bulutlar yoki havo)dan Yer (yoki suv) yuziga tushadigan suyuq yoki qattiq holatdagi suv. Yogʻinlar bulutlardan yomgʻir, qor, doʻl va muz zarralari koʻrinishida, havo qatlamidan shudring hamda qirov shaklida tushadi. Yogʻin miqsori tushgan Yogʻinlarning holatidagi qatlami qalinligini (mm) oʻlchab aniqlanadi. Yogʻinlar jadalligi maʼlum vaqt (sutka, soat va b.) ichida tushgan Yogʻinlar miqdori bilan belgilanadi. Yogʻinlar miqdori meteorologiya st-yalarida maxsus asboblar — yogʻin oʻlchagichlar, plyuviograflar yordamida, qor qoplamining qalinligi maxsus oʻlchash reykasi bn; zichligi zichlik oʻlchagich bilan oʻlchanadi. Har bir joy bir kunlik, oʻn kunlik, oylik, yillik va oʻrtacha koʻp yillik Yogʻinlar miqdori — Yo. yigʻindisi hisoblab chiqiladi. Joyning geografik kengligiga, dengiz va okeanlardan uzoqyaqinligiga, shamol yoʻnalishiga va joyning relyefiga qarab, yer yuzining turli joylarida Yogʻinlar miqdori har xil boʻladi. Tropiklarda yiliga 1000 mm dan ortiq, hatto 12000 mm gacha (mas, Hindistonda), moʻtadil kengliklarda 250 mm dan 1000 mm gacha, choʻllar va yuqori kengliklarda 250 mm dan kam (mas, Misrda) Yogʻinlar tushadi. Umuman Yer yuziga tushadigan bir yillik Yogʻinlar mikdori oʻrta hisobda 1000 mm (50 ming km3 dan koʻproq suv)ni tashkil etadi. Oʻzbekiston hududida yillik yogʻin mikdori 80 — 90 mm dan 1000 mm gacha yetadi. Yogʻinlar tarkibida suvdan tashqari chang zarralari, mikroorganizmlar, shuningdek, radioaktiv elementlarning parchalanishidan hosil boʻladigan mahsulotlar ham boʻladi. Yogʻinlar radioaktivligi oʻrta hisobda har bir gramm yogʻin 10~» — 10~12 kyuri. Momaqaldiroq paytida yogʻayotgan Yogʻinlarning radioaktivligi boshqa vaqtdagi Yogʻinlar nikiga nisbatan koʻproq boʻladi;

2) sunʼiy Yogʻinlar — oʻta sovigan bulutlarga maxsus kimyoviy modda (reagent)lar taʼsir ettirib, sunʼiy muz kristallari hosil qilish natijasida ulardan tushadigan Yo. Kimyoviy moddalar bulutlarga samolyotlardan yoki yerdagi maxsus qurilmalar yordamida sochiladi. Bu usul yogʻingarchilik juda kam boʻlgan mintaqalarda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YOGʻINLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
ATMOSFERA YOGʻINLARI
GEOGRAFIYA
IQLIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты