YOGʻLARNI GIDROGENLASH

YOGʻLARNI GIDROGENLASH — glitse rin va toʻyinmagan yogʻ kislotalarning murakkab efirlariga kataliz yoʻli bilan vodorod biriktirish. Yogʻlarni gidrogenlash usulini rus olimlari Norman va S. A. Fokinlar 1902—1903-y. larda taklif etishgan. Birinchi marta 1908-y. da Rossiyada sanoatda qoʻllanilgan. Qotirilgan yogʻlar (salomas) olish uchun dengiz hayvonlari va baliklarning suyuq yogʻlari va oʻsimlik moylari gidrogenlanadi, soʻngra ular fizikkimyoviy xossalariga qarab margarin, ovqatbop yogʻ va b. i. ch. da hamda texnik maqsadlar (sovun, stearin va izolyatsiya materiallari i. ch.)da qoʻllaniladi. Toʻyinmagan birikmalarning toʻyinishi, shuningdek, izomerlanishi tufayli Yogʻlarni gidrogenlash jarayonida yogʻ qotadi. Avtoklavlarda 220° tra va 0,2 MPa bosim ostida gidrogenlab ovqatbop yogʻlar, 190—250° tra va 1,5 — 2,0 MPa bosim ostida texnik yogʻlar olinadi (yana q. Gidrogenlash).


Lotin alifbosida maqola: YOGʻLARNI GIDROGENLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻSIMLIK MOYLARI
ROSSIYA
YOGʻ
SOVUN
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты