YOGʻOCH ZAMBURUGʻLARI

YOGʻOCH ZAMBURUGʻLARI — gimenomitsetlar turkumining poʻkaklar oilasiga mansub guruhi. Daraxtlarning yogʻoch qismini, ayniqsa oʻzagini hamda turli yogʻoch qurilmalarni chiritadi. Yogʻoch zamburugʻlaridan chin poʻkak (Forties fomentarius), tangachali poʻkak (Polyporus squamosus), dagʻal tukli poʻkak (Inonotus hispidus) Oʻzbekistonda koʻp tarqalgan. Yogʻoch zamburugʻlarining tanalari (mitseliysi) daraxtlarning oʻzagida yoki yogʻoch qismida hujayralar orasiga joylashib, daraxt sirtiga yirik boʻrtmalar — mevatanalar chiqaradi. Yogʻoch zamburugʻlari oʻzi ajratadigan turli fermentlar taʼsirida yogʻoch tarkibidagi sellyuloza va ligninni glyukozaga aylantirib oziqlanadi. Shu tufayli daraxtlarning oʻzagi chiriydi. Yogʻoch zamburugʻlari, ayniqsa u y zamburugʻi (Serpula lacrymans) turli yogʻoch qurilmalar (uylarning poli, shpallar, yogʻoch koʻpriklar ustuni)da oʻsib, ularni chiritadi. Yogʻoch zamburugʻlari havoning harorati 18—22° va nisbiy namligi 80—85%, yogʻochning namligi esa 28—60% boʻlganda yaxshi rivojlanadi. Yogʻoch zamburugʻlari paydo boʻlmasligi va yogʻoch qismlar chirimasligi uchun ular turli antiseptik moddalar (krezet yogʻi, karbolineum, natriy ftorat va b.) bilan toʻyintiriladi.


Lotin alifbosida maqola: YOGʻOCH ZAMBURUGʻLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
FERMENTLAR
XITOY
SELLYULOZA


Добавить комментарий