YOGʻOCHOYOQ

YOGʻOCHOYOQ — oʻzbek xalq sirk sanʼati janrlaridan. Ijrochi oyoklariga 3 — 3,5 m uzunlikdagi yogʻochlarni bogʻlab ustidan uzun shim kiyib oladi va qayroq b-n raqs («Jonon», «Andijon polkasi», «Norimnorim», «Lazgi»)ga tushadi. Unga surnay, nogʻora, doyra joʻr boʻladi. Yogʻochoyoq oʻyinlari xalq sayillarida ayniqsa, dorboz truppalarida keng koʻrsatiladi. Mas, Andijondagi Kimsan Nazaraliyev, Toshkentdagi Toʻlqin Boltayev, Buxorodan Rabbim Sohibov, Shahrisabzdan Saʼdulla Mamadaliyev, Samarqanddan Bozorboy Qurbonovlarning shogirdlari va b. bor. Yo. chilar oʻyin paytida qoʻlida pichoklar, bulavalar, koptokchalar va ayniqsa gardishga 12 ta choynak bilan piyolani ustmaust qoʻyib piramida qilib aylantirib oʻynashadi. Shohimardonlik Ahadjon Nabiyev dorbozlari Yogʻochoyoqda dor ustida yurib tomosha koʻrsatadi. Yogʻochoyoq oʻyinlari bayram va sayillarda hozir ham koʻrsatiladi.


Lotin alifbosida maqola: YOGʻOCHOYOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKANBOYEVLAR
Sardor Mamadaliyev - Lazgi
XALQ IJODI
ANDIJON VILOYATI
DORBOZLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты