YOGʻOCHOT

YOGʻOCHOT — qad. oʻzbek sirki tomoshalaridan. Masxarabozning ot va chavandoz harakatlariga parodiyasi. Yogʻochdan otning tanasi va bosh qismi yasalib, ustidan oʻyinchi sigʻadigan joy qoldirilib, yaltiroq mato bilan qoplangan. Unga dum yasalib, yugan solingan, qoʻngʻiroqchalar osilgan. Yasama soqolli, yuziga un surtgan oʻyinchi «ot»ni beliga bogʻlab olgan holda yuganni tortib, qamchin urib ot va chavandoz harakatlariga takugad qilib oʻynaydi. Oʻyinchining oyoklarini sollanib turgan mato yashirgan, «ot» ustiga esa soxta oyoklar qoʻyilgan. Oʻyinchi chinakam ot ustida oʻtirganday, barcha harakatlarni ot bajarayotganday qilib koʻrsatadi. Kulgili — parodiya turidagi Yogʻochot hozir ham anʼanaviy sirk tomoshalarida, sayillarda, milliy bayramlarda namoyish etiladi.

Poʻlat Toshkanboyev.


Lotin alifbosida maqola: YOGʻOCHOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Nelly - Bay [Wal-Mart Bonus Track]
TOSHKANBOYEVLAR
SIRK
TOSHKENT
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты