YUAN

YUAN, Da Yuan (Buyuk Yuan) — Moʻgʻuliston va Xitoyda hukm surgan moʻgʻul sulolasi (13—14-asrlar). Xitoyni istilo etishni Chingizxon boshlab bergan, uning vorisi Oʻqtoyxon davrida 1234-yilga kelib Shim. Xitoy moʻgʻullar tomonidan boʻysundirilgan. 13-asrning 50-y. lari oxirida Moʻgʻullar davlati amalda bir necha mustaqil davlatlarga parchalanib ketgan. Ulardan biri Xubilay davlati edi (xonlik taxtiga 1260 yil oʻtirgan). Bu davlat tarkibi dastlab Moʻgʻuliston va Shim. Xitoydan iborat edi. 1271-yil Xubilay oʻz sulolasiga xitoycha Yuan nomini bergan. 1279-yil Xubilay qoʻshinlari Janubiy Sun saltanatini tugatib Janubiy Xitoyni istilo etishni yakunlashgan. Vyetnam, Birma va Yaponiyaga qilingan yurishlar natija bermagan. Xubilayning birinchi vorisi Temur (1295 — 1307)dan soʻng taxt uchun qattiq kurash boshlangan. 1308—32 yillarda 6 ta imperator oʻzgargan. Toʻgon Temur davrida (1333—68) Xitoyda xalq qoʻzgʻolonlari boshlangan. Ulardan eng yirigi «Qizil qoʻshinlar» nomi bilan mashhur boʻlgan. 1368-yil Yuan sulolasi agʻdarilib xitoyliklarning Min sulolasi hokimiyat tepasiga kelgan. Chingiziylarning Moʻgʻulistondagi hokimiyati ham tanazzulga uchrab bir qancha mayda mulklarga boʻlinib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: YUAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YAPONIYA
AMIR TEMUR
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
TOSHKENT


Добавить комментарий