YUAN SHIKAY

YUAN SHIKAY (1859.16.9, Syanchen uyezdi, Xenan viloyati — 1916.6.6, Pekin) — Xitoy harbiy va siyosat arbobi. 1885—94 yillarda Koreyada noib. 90-y. larning 2-yarmida beyyan (shimol) armiyasida korpus komandiri. 1898 yil Kan Yuveyning islohotchilik harakatiga qoʻshilgan, lekin tez orada ularga xiyonat qilgan. 1899—1901-yillarda Shandun viloyati gubernatori lavozimida Ixetuan qoʻzgʻolonini bostirishda faol qatnashgan. 1901—08 yillarda poytaxt Chjili viloyati noibi. 1909-yil isteʼfoga chiqarilgan. Sinxay inqilobi boshlangach, Sin hukumati tomonidan bosh vazir etib tayinlangan (1911-yil 2 noyab.). Yu. Sh. inqilobchilar bilan monarxiya oʻrtasida kelishuvchilik siyosatini yurgizgan. Sin sulolasi hokimiyatdan voz kechgan paytda (1912-yil 12 fev.) beyyan armiyasi va imperialistik davlatlar madadiga tayanib hamda inqilobchilar orasidagi kelishuvchilar, ikkilanuvchilardan foydalangan holda mamlakat prezidenti boʻlgan. 1913-yil «ikkinchi inqilob»ni bostirgan Yu. Sh. Xitoyda harbiy diktatura oʻrnatgan. 1915-yil mayda Yuan Shikay hukumati Xitoy uchun asoratli boʻlgan Yaponiyaning «yigirma bir talabi»ni qabul qilgan. 1915-yil dek. da Yuan Shikay imperator boʻlmoqchi ekanligi haqidagi qarorni eʼlon qilgan. Bu mamlakatda monarxiya tuzumiga qarshi keng xalq harakatini keltirib chiqargan. Mana shu harakat avjiga chiqqan paytda Yuan Shikay toʻsatdan vafot etgan.


Lotin alifbosida maqola: YUAN SHIKAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YAPONIYA
FRANSIYA
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты