YUVENIL GAZLAR

YUVENIL GAZLAR (lot. sof, bokira) — Yer poʻstining ostki qismidan va yuqori mantiyadan ajralib chiqadigan, S02, 1M2, N, N20, SO, SN, S2N6, Ag va boshqalardan tarkib topgan gazlar. Bu jarayon fanda Yerning gazsizlanishi deb nom olgan. 20-asr oxiri — 21-asr boshlarida bajarilgan geologikgeofizik, geokimyoviy va geotermik tadqiqotlar asosida, Yerning gazsizlanish jarayoni tabiatda issiq massa harakatlanadigan kanallar orqali sodir boʻlishligi isbotlandi. Bunday kanallar Markaziy Qizilqum, BuxoroXiva regionidagi paleorift sistemasi, Surxondaryo megasinklinalidagi Boyangaro maydoni, Fargʻona togʻlararo botigʻidagi AdrasmanChust anomalligida mavjud. Markaziy Qizilqum anomalligida metan va vodorod emanatsiyasi belgilangan. Emanatsiyalarning eng yuqori qiymati paleozoy vulkantektonik strukturasi ogʻziga hamda issiklik massa harakatlanadigan kanallarning maydoniga toʻgʻri keladi. Issikdik oqimi zichligi qiymatiga va anomal zonalar maydonining oʻlchamiga qarab boshqa hududlarda, katta chuqurlikda ularga mos keluvchi emanatsiya mahsulotlarini hamda Yuvenil gazlarni hosil boʻlishini tahmin qilish mumkin. Yuvenil gazlarning bu kanallar orqali koʻtarilib, Yer poʻstining yuqori qavati — choʻkindi qatlam jinslari tarkibida tarqalishi aniqlangan va xaritalangan termobarik anomaliyalarda oʻz isbotini topgan. Yuvenil gazlarning choʻkindi qatlamdagi jinslarda tarqalgan organik moddalarga kimyoviy taʼsiri 3 turdagi reaksiya orqali amalga oshadi:

1) yuvenil vodorodlarning tarqoq organik moddalar bilan oʻzaro taʼsiri;

2) yuvenil metanning yuqori geodinamik kuchlanishdagi zonalarda tarqoq organik moddalar bilan oʻzaro taʼsiri;

3) yuvenil metanning anomal yuqori bosim va trali sharoitlarda bevosita polimerlanishi.


Lotin alifbosida maqola: YUVENIL GAZLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YAPONIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
SURXONDARYO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты