YUVENIL SUVLAR

YUVENIL SUVLAR — Yer qaʼrining oʻta chuqur joylaridan va yuqori mantiyadan ajralib chiqadigan bugʻlardan, ehtimol N va O ning dissotsiatsiyalangan (tarkibiy qismlarga ajralgan) atomlaridan hosil boʻlgan suvlar. «Yuvenil suvlar s» termini fanga 1902-yilda E. Zyuss tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, Yuvenil suvlarning hosil boʻlishiga magma sovishida ajralib chiqqan bugʻlar yoki gidrat minerallar tarkibidagi kristallizatsion (minerallarning kristall panjarasidagi molekula koʻrinishidagi) va konstitutsion (minerallarning kristall panjarasidagi ion shaklidagi) suvlar sabab boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: YUVENIL SUVLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MAGMA
MINERAL
OKEAN
ION EMISSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты