YUGOSLAVIYA

YUGOSLAVIYA — Janubiy Yevropadagi davlat (2003-yilgacha mavjud boʻlgan). Serblar, xorvatlar, slovenlar qirolligi negizida 1929 yil tashkil topgan. Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya, Chernogoriya uning tarkibida boʻlgan. 1929-yil yanv. da Yugoslaviyada harbiymonarxiya diktaturasi qaror topgan. 1941-yil martda Yugoslaviya hukumati fashistik davlatlar tomonidan tuzilgan Berlin pakti (1940-yil 7-sentyabrda tuzilgan) ga qoʻshildi. Bu Yu. da keng norozilik harakatiga sabab boʻldi; 27-martda fashistik hukumat agʻdarildi. 1941-yil 6 apr. da Yugoslaviyaga fashistlar Germaniyasi hujum qildi va mamlakat hududi Germaniya okkupatsiyasi zonalariga boʻlindi. Xalq ozodlik kurashi avj oldi. Mamlakatning shim. sharkiy qismi 1944-yil ozod etildi. 1945-yil 15-mayda Yugoslaviya armiyasi Yugoslaviyani fashistlardan ozod qilishni nihoyasiga yetkazdi. 1945-yil 29 noyab. da Yu. Federativ Xalq Respublikasi (YUFXR) eʼlon qilindi. 1946-yil 31 yanv. da YUFXR konstitutsiyasi tasdiqlandi. 1963-yilda qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha mamlakat Yu. Sotsialistik Federativ Respublikasi (YUSFR) deb nomlandi. Hokimiyat tepasida Yu. Kommunistlar Ittifoqi turdi. Yu. da oʻzinioʻzi boshqarish asosidagi sotsializmning Yugoslaviya modelini qurish vazifasi qoʻyildi. 1980-y. lardan mamlakat ogʻir iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarga duch keldi. 1991-yil YUSFR parchalanib ketdi. Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya federatsiya tarkibidan chiqib ketdi va mustaqil davlatlarga aylandi. 1992-yil Serbiya bilan Chernogoriya Yu. Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003-yil 4 fev. dan bu davlat Serbiya va Chernogoriya deb atala boshladi.


Lotin alifbosida maqola: YUGOSLAVIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOSNIYA VA GERSEGOVINA
XITOY
GERMANIYA
IKKINCHI JAHON URUSHI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты