YUDAKOV

YUDAKOV Sulaymon (Solomon) Aleksandrovich (1916.14.4, Qoʻqon — 1990.6.11, Toshkent) — kompozitor. Oʻzbekiston xalqartisti (1976). Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1934—41). 1941-yildan Toshkentga qaytib asosan ijod bilan shugʻullangan. 1943—44 yillari Tojikiston filarmoniyasi badiiy rahbari. Uning asarlari oʻzbek (va tojik) xalq kuylari hamda zamonaviy ohang va usullar uygʻunligi, janr jihatidan xilmaxilligi, yorqin va hayotbaxsh kuylari bilan ajralib turadi.

Yudakov — opera («Maysaraning ishi»), balet («Nasriddinning yoshligi» va «Jonli alanga»), kantatalar («Mening Vatanim», «Muborakbod», «Alyor» va boshqalar), 6 qismli «Mirzachoʻl» vokalsimfonik syuita, vokal-simfonik poemalar, qoʻshiqlar, romanslar, («Kuylama sohibjamol», «Basandas» va boshqalar), kamer cholgʻu asarlar (mas, «Sharq poemasi» va boshqalar), dramatik spektakllar, kinofilmlarga musiqa va boshqalar asarlar muallifi. «Maysaraning ishi» birinchi oʻzbek hajviy operasi Toshkent, Samarqand, Ashxobod, Dushanba, Bishkek, Ufa, Moskva, Lodz (Polsha) teatrlarida sahnalashtirilgan, simfonik asarlari koʻp orkestrlar repertuaridan oʻrin olgan. Qoʻshiqdaridan «Dugonalar», «Davra qoʻshigʻi», «Jon Oʻzbekiston», «Karnaval valsi» va boshqalar ommalashgan. Davlat mukofoti (1951), Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1977) laureati.

Ad.: Plungyan V., S. Yudakov, T., 1979; Sulaymon Yudakov v vospominaniyax sovremennikov (avtorsostavitel V. Plungyan), T., 2003.


Lotin alifbosida maqola: YUDAKOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOJIKISTON
TOSHKENT
MUSIQA
ROSSIYA
XALQ IJODI


Добавить комментарий