YUDAXIN Konstantin Kuzmich (1890.31.5, Orsk 1975.22.2, hoz. Bishkek) — sharqshunosturkiyshunos olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1952), Qirgʻiziston FA akad. (1955), prof. (1940), filol. fanlari d-ri (1949). Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Turkiston oʻqituvchilar seminariyasini (Toshkent, 1910), Oʻrta Osiyo un-tining sharq f-tini tugatgan (1925). Mankent, Qorabuloqdagi rustuzem maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1910— 15), Sinszyanda ilmiy safarda boʻlgan (1915—20); Leningradda Sharqshunoslik in-tida oʻzbek, uygʻur, qozoq va qirgʻiz tillari oʻqituvchisi (1925—32), Moskva sharqshunoslik in-tida uygʻur tili kafedrasi mudiri (193244), Qirgʻiziston FA (SSSR FA filiali) Til va adabiyot instituti ilmiy xodimi (1944—52), Qirgʻiziston davlat ped. instituti (1946—51), Fargʻona ped. instituti (1952—54) prof., Qirgʻiziston untida maslahatchi prof. (1955-yildan).
Yudaxinning ilmiy ishlari oʻzbek, uygʻur, qirgʻiz tillari tarixi, lahja va shevalarini, ularning genezisi va oʻzaro aloqasini, mazqur turkiy tillarning boshqa oiladagi tillar bilan munosabati, turkiy tillar yozuvi, leksikografiyasi va terminologiyasini oʻrganish masalalariga bagʻishlangan. Yudaxin birinchi boʻlib oʻzbek tili shevalarini oʻrgangan, oʻzbekcharuscha (arab alifbosida; T., 1927), qirgʻizcharuscha (M., 1940) lugʻatlarni tuzgan olimlardandir. Uning 1965-yilda Moskvada nashr etilgan «Qirgʻizcha-ruscha lugʻat»i Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1967).