YUK AYLANMASI

YUK AYLANMASI — transport ishining asosiy iktisodiy koʻrsatkichlaridan biri, muayyan davrda tashilgan yuklar ogʻirligi (hajmi) ni tashilgan masofaga koʻpaytmasidan iborat. Netto tkm (dengiz transportida tonnamil, 1 mil — 1,852 km) bilan oʻlchanadi. Mamlakat miqyosida Yuk aylanmasi koʻrsatkichlari har bir transport turi boʻyicha alohida hisoblanadi. Yuk aylanmasi muddatlariga koʻra, sutkalik, oylik, choraklik, yarim yillik va bir yillik qilib hisobga olinadi. Choraklik Yuk aylanmasi, odatda, notekis boʻlib, unga baʼzi yuklarni tashishning mavsumiyligi va boshqalar taʼsir qiladi. Shuningdek, Yuk aylanmasi transport vositalarining yuk koʻtarish, olib yurish qobiliyati, undan foydalanish usuli, oʻrtacha ish vaqti, qatnash masofasi, ortishtushirish ishlarining mexanizatsiyalashgani va boshqalarga ham bogʻliq. Oʻzbekistonda jami transport turlarida Yuk aylanmasi 63,3 mlrd. tkm ni, shu jumladan, t. y. transportida 19,1; avtomobil transportida 9,6; quvur transportida 34,6 mlrd. tkm ni, havo transportida 95,3 ming tkmni (2003), suv transportida 0,3 mln. tkm (2002) ni tashkil etdi.

Sadir Salimov.


Lotin alifbosida maqola: YUK AYLANMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY
YAPONIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты