YUKAVA

YUKAVA (Uikatea) Xideki (1907.23.1, Tokio — 1981.8.9, Kioto) — yapon fizigi, Yaponiya FA aʼzosi (1946), Kiotodagi untni tugatgan (1929). Shu untda va Osakadagi untda ishlagan (193239), Kioto un-t prof. (1939-yildan), Nyu-Yorkdagi Kolumb un-ti prof. (1949—53), Kioto untiga qarashli Fundamental fizika ilmiy tekshirish intini boshqargan (1953—70). Ilmiy ishlari kvant mexanika, yadro va mezon fizikasi, elementar zarralar fizikasiga oid. lmezonning mavjudligi haqidagi gipotezani ilgari surdi (1935). Mezon nazariyani rivojlantirdi va nuklonlarning oʻzaro taʼsiri uchun matematik ifoda (Yu. potensiali)ni topdi. Yadro kuchlari nazariyasini yaratdi va neytral mezon tushunchasini kiritdi (1938). Oraliq bozon haqidagi gʻoyani ilgari surdi (1953). Nobel mukofoti laureati (1949).


Lotin alifbosida maqola: YUKAVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
FIZIKA
ELEMENTAR ZARRALAR
MAYDON KVANT NAZARIYASI
ELEKTR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты