YUKAGIR YASSITOGʻLIGI

YUKAGIR YASSITOGʻLIGI — RF Saxa Respublikasi va Magadan viloyatidagi yassitogʻlik. Kolima daryosi oʻrta oqimining oʻng sohilida joylashgan. Janubiy gʻarbdan shim. sharqqa 500 km ga choʻzilgan. Eni 250—300 km. Relyefi yassi, nurash kuchli. Shim. gʻarb tomon pasayib boradi. Oʻrtacha bal. 300—400 m. Baland qismi — jan. da (Chubukulax kryajining eng baland joyi 1128 m). 400— 500 m balandlikkacha siyrak daraxtli oʻrmonlar, tayga mavjud. Undan yuqorida togʻ tundrasi boshlanadi.


Lotin alifbosida maqola: YUKAGIR YASSITOGʻLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JANUBIY AMERIKA
OSIYO
ROSSIYA
YER
YEVROPA


Добавить комментарий