YUKATAN

YUKATAN — Markaziy Amerikadat yarim orol, Meksika qoʻltigʻi bilan Karib dengizi oraligʻida. Asosiy qismi Meksikaga (Yukatan shtaty), jan. sharqiy qismi Gvatemala va Belizga qarashli. Mayd. 180 ming km2 chamasida. Hududining katta qismi pasttekislik, jan. sharqida Mayya togʻlari (eng baland joyi 1122 m) bor. Karst keng tarqalgan. Iqlimi issiq, tropik passatli iqlim. Yillik yogʻin 500—2000 mm. Kserofit butalar, siyrak oʻrmonlar, markaziy qismi va jan. da doim yashil tropik oʻrmonlar bor. Agavaxeneken, sitrus oʻsimliklar plantatsiyalari barpo qilingan, paxta, makkajoʻxori ekiladi. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Kampeche, Progreso portlari (Meksika) bor.


Lotin alifbosida maqola: YUKATAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MEKSIKA
GVATEMALA
XITOY
YEVROPA
SHIMOLIY AMERIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты