YUKLAMA

YUKLAMA — yordamchi soʻzlarning bir turi; ayrim gap boʻlagiga yoki gapga qoʻshimcha maʼno berish uchun qoʻllanadi. Yuklama tuzilishiga koʻra 2 xil boʻladi: Yu. qoʻshimcha (qoʻshimcha holiga kelib qolgan Yuklama: mi, chi, da, a, ya) va Yuklama soʻz (ayrim soʻz holidagi Yuklama: faqat, xuddi, naq, ham). Hoz. oʻzbek adabiy tilida gapga yoki ayrim soʻzlarga qoʻshilganda anglatadigan maʼnolariga koʻra Yuklamaning quyidagi turlari farqlanadi: soʻroq va taajjub Yuklama lari (mi, chi, a, ya), asosan, gapni soʻroq gapga aylantiradi: Bu kitobni oʻqidingizmi?; kuchaytiruv va taʼkid Yuklamalari (ku, ham, u, yu, da, oq, ki) gapga tasviriylik berib, soʻz maʼnosini kuchaytirish, shuningdek, taʼkid maʼnosini qoʻshish uchun ishlatiladi. Mas: Necha marta uchrashay dedimku, vaqtim boʻlmadi; ayiruv va chegaralov Yuklamalari (gina, faqat) turli soʻzlar bilan kelib, ularni ajratib, chegaralab koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Mas: U faqat oʻsha voqea haqida soʻzlardi; aniqlov Yuklamalari (xuddi, naq, qoq) oʻzi aloqador boʻlgan gap boʻlagi maʼnosini aniqlash uchun xizmat qiladi. Mas: Oʻgʻli otasining xuddi oʻzi. Yuklamalar, shuningdek, tasdiq, inkor, qistov kabi maʼnolarni ifodalash uchun ham ishlatiladi.

Neʼmat Mahkamov.


Lotin alifbosida maqola: YUKLAMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QOʻSHMA GAP
YER
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
SOʻROQ GAP


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты