YULDUZ ASSOTSIATSIYALARI

YULDUZ ASSOTSIATSIYALARI — maʼlum tur yoki spektral sinfga yulduzlarning taxm. bir davrda paydo boʻlgan guruhlari. OV assotsiatsiyalar va T assotsiatsiyalar maʼlum. OV assotsiatsiyaga O, VO, V1 va V2 spektakl sinflarga mansub qaynoq gigant hamda oʻtagigant yulduzlar kiradi. OV assotsiatsiya oʻlchamlari 40— 200 parsek, O — V2 spektral sinflariga oid yulduzlar soni bir necha oʻntaga yetadi. Ular, asosan, Galaktika tekisligida joylashgan. Tarqoq yulduz goʻdalarida O—V2 sinflaridagi yulduzlar beqaror shaklli sistemalar tarzida (mas, yulduz zanjirlari yoki Orion trapetsiyasi turidagi karrali yulduzlar) uchraydi.

T hoʻkiz (Savr) turidagi oʻzgaruvchan yulduzlar ham fizik bogʻliq guruhlar hosil qiladi. T. assotsiatsiya oʻlchami bir necha 10 parsek, ulardagi yulduzlar soni koʻpincha bir necha 10 tagacha boʻladi. Faqat Orion yulduz turkumidagi T assotsiatsiyagina 220 yulduzdan iborat. T assotsiatsiya yulduzlari zichligi kichik, beqaror va yosh sistemalardir. Yulduz assotsiatsiyalarini birinchi marta 1947-yilda arman astronomi V. A. Ambariumyan ochgan. Bu kashfiyot yulduzlar evolyutsiyasi va yulduzlar sistemasini tadqiq qilishda muhim bosqich hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: YULDUZ ASSOTSIATSIYALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YULDUZLAR
YER
GALAKTIKA
TOSHKENT
GALAKTIKALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты