YULDUZLAR EVOLYUTSIYASI

YULDUZLAR EVOLYUTSIYASI — vaqt oʻtgan sari yulduzlarning fizik parametrlari va kimyoviy tarkiblari oʻzgarib borishi. Turli evolyutsiya bosqichidagi yulduzlarning fizik parametrlarini taqqoslab koʻrish asosida oʻrganiladi. Gravitatsiya (tortishish) kuchlari taʼsirida yulduzlar orasidagi gaz va changlarning kondensatlanishi oqibatida protoyulduzlarning hosil boʻlishi, siqiluvchan yulduzlar markazida termoyadro energiya manbai paydo boʻlishi, ayrim yulduzlarning gigant yulduzlarga yoki mitti yulduzga aylanishi, massasi katta yulduzlarning gravitatsion kollapsi (neytron yulduz yoki qora oʻra hosil boʻlishi bilan yuz beradi) kabi hodisalar Yulduzlar evolyutsiyasining bosqichlari hisoblanadi. Yulduzlar evolyutsiyasi doim yuz berib turadigan uzluksiz jarayondir.


Lotin alifbosida maqola: YULDUZLAR EVOLYUTSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YULDUZLAR
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты