YUM

YUM Deyvid (1711.7.5 Edinburg — 1776.25.8) — ingliz faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi. Agnostitsizmning asosiy prinsiplarini taʼriflab bergan. Sabablarini bilib boʻlmaydigan «taassurotlar» oqimi boʻlgan hissiy tajriba (bilimlar manbai) toʻgʻrisidagi taʼlimotni rivojlantirgan. Borliq bilan ruhning munosabatini hal qilib boʻlmaydigan masala deb hisoblagan. Substansiya tushunchasini inkor etgan, uni bamisoli sarob deb bilgan. Gʻoyalar assotsiatsiyasi nazariyasini ishlab chiqqan. Etikada utilitarizm konsepsiyasini rivojlantirgan, siyosiy iqtisodda A. Smit ilgari surgan qiymatning mehnat nazariyasiga qoʻshilgan. Yum taʼlimoti I. Kant falsafasi, pozitivizm va nepozitivizm manbalaridan biri hisoblanadi. Asosiy asarlari: «Inson tabiati toʻgʻrisida risola», «Tabiiy din toʻgʻrisida muloqot», «Jonning abadiyligi haqida», «Stoik», «Skeptik».


Lotin alifbosida maqola: YUM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
FOROBIY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
IBN SINO


Добавить комментарий