YUMSHOQ TANALI TOSHBAQALAR

YUMSHOQ TANALI TOSHBAQALAR, yumshoq terili toshbaqalar — chuchuk suv toshbaqalari oilasi. Tanasi va yassilashgan suyak sovuti (uz. 25—90 sm) yumshoq teri bilan qoplangan. Muguz qalqoni boʻlmasligi tufayli teri orqali nafas olishda ishtirok etadi. Tumshugʻi choʻziq yumshoq xartumchaga aylangan. Xartumi uchida burun teshigi joylashgan. Oyoq panjalari keng. Barmoqlari orasida suzgich parda bor. 7 urugʻi va 70 turi maʼlum.

Janubiy Sharqiy Osiyo, Afrika va Shim. Amerika daryolarida tarqalgan. Amur daryosi havzalarida uzoq sharq toshbaqasi uchraydi. Yumshoq tanali toshbaqalar — yirtqich, serharakat, asosan, baliqlar va mollyuskalar bilan oziqlanadi. 20 dan 70 gacha tuxum qoʻyadi.


Lotin alifbosida maqola: YUMSHOQ TANALI TOSHBAQALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BALIQLAR
OSIYO
YER
JANUBIY AMERIKA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты