YUNG Karl Gustav

YUNG Karl Gustav (1875.26.7, Bazel — 1961.6.6, Syurix) — shveysariyalik psixolog va faylasuf, psixoanalitik maktab asoschisi. Kollektiv gʻayrishuuriylik haqidagi taʼlimotni rivojlantirib, gʻayrishuuriylik timsollarini umuminsoniy ramziyatning, shu jumladan, afsonalar va tush koʻrishning manbai deb bilgan. «Metamorfozalar va libido ramzlari» (1912), «Ruhiy tiplar» (1921) asarlarida inson ruhi tabiatini ochib beradigan gʻoya va fikrlarni ilgari surdi. Ong va ongsizlikka oid masalalarni talqin qildi. Yung fikricha, psixoterapiyaning maqsadi har bir shaxsga oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan individ sifatida yondashishdan iborat. Qiyosiy dinshunoslik, mifologiya, xalq ogʻzaki ijodi (K. Kereni, M. Eliade va boshqalar)ga, shuningdek estetika va adabiy-badiiy tanqid (G. Rid, Buyuk Britaniya va boshqalar)ga taʼsir koʻrsatgan. 1948 yil Syurixda Yung instituti, 1958-yil Xalqaro tahliliy psixologiya jamiyati tashkil qilingan.


Lotin alifbosida maqola: YUNG Karl Gustav haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
XALQ IJODI
YAPONIYA
SHVEYSARIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты