YUNG

YUNG, Yang Tomas (1773.13.6, Somerset grafligi, Milverton — 1829.10.5, London) — ingliz fizigi, vrachi va astronomi; yorugʻlik toʻlqin nazariyasini yaratuvchilardan biri. London va Qirollik jamiyati aʼzosi (1794), shu jamiyat kotibi (1802—28). London, Edinburg va Gyotting untlarida oʻqigan. London Qirollik intiprof. (180103). Fanda, asosan, fizik olim sifatida tanilgan. Koʻz akkomodatsiyasini taʼriflab bergan (1793), toʻlqinlar superpozitsiya prinsipini tavsiya etgan (1800). Birinchi boʻlib yorugʻlik interferensiyasini tushuntirgan (1801), «interferensiya» atamasini kiritgan (1803). Yung tajribasi deb ataluvchi tajribani oʻtkazgan (1802). Ultrabinafsha nurlar interferensiyasini kashf etgan (1803). Rangli koʻrish nazariyasini ishlab chiqqan va rangli nurlarning toʻlqin uzunligini oʻlchagan (1803) va h. k. Siljish deformatsiyasini oʻrgangan, Yung moduli (q. Elastiklik moduli) deb ataladigan fizik kattalikni kiritgan (1807).


Lotin alifbosida maqola: YUNG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
FIZIKA
YER
YORUGʻLIK
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты