YUNGVALDXILKEVICH

YUNGVALDXILKEVICH Emil Olgerd Iosifovich [1897.14(26).4, Kiyev — 1967.6.8, Toshkent] — opera rejissyori, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Oʻzbek operasi asoschilaridan. Kiyev teatr akademiyasini tugatgan (1920). 1922—34 yillarda Xarkov, Jitomir, Odessa, Perm opera teatrlarida rej. Toshkent rus opera va balet teatrida, Oʻzbek davlat musiqali drama teatrida (1934—40), Olmaota opera va balet teatrida (1940—43) bosh rej., badiiy rahbar. 1943—67 yillarda Toshkent konservatoriyasida pedagog, dotsent (1964). 1943—64 yillar (oradan uzilishlar bilan) Navoiy teatrining bosh rej. i. «Farhod va Shirin» (V. Uspenskiy, G. Mushel) musiqali dramasi va «Er Targʻin» (Ye. Brusilovskiy), «Buyuk kanal», «Boʻron» (S. Vasilenko, M. Ashrafiy,), «Tohir va Zuhra» (T. Jalilov, B. Brovsin), «Karmen» (J. Bize), «Yevgeniy Onegin» va «Qargʻa motkasi» (P. Chaykovskiy, oʻzbek tilida), «Dilorom» (M. Ashrafiy), «Knyaz Igor» (A. Borodin) kabi operalarni rej. sifatida sahnalashtirgan.


Lotin alifbosida maqola: YUNGVALDXILKEVICH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ROSSIYA
TOSHKENT
NAVOIY TEATRI
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты