YUNONA

YUNONA (lot. — qadimgi rimliklar maʼbudasi nomidan) — kichik sayyora (asteroid). 1804-yilda nemis astronomi K. Garding kashf etgan. Quyosh sistemasidagi uchinchi kichik sayyora. Diametri 225 km. Yunonaning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,668 astronomik birlik, Quyosh atrofini 4,36 yilda toʻliq bir marta aylanib chiqadi. Orbitasining ekliptikaga ogʻmaligi 13°0. Ekssentriteti 0,258, koʻrinma yulduz kattaligi 7,0 dan 10,0 gacha oʻzgarib turadi. Ravshanligining oʻzgarishiga qarab, uning oʻz oʻqi atrofida aylanishi taxmin qilinadi. Hamma kichik sayyoralar kabi Yunonada ham atmosfera yoʻq.


Lotin alifbosida maqola: YUNONA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QUYOSH
SAYYORALAR
YUPITER
QUYOSH SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты