YUNON-RUM KURASHI

YUNON-RUM KURASHI — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvi. Yunon-rum kurashi musobaqalari diametri 9 m (oʻlchami 12×12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg vazn toifasida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 min. dan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sek. Yunon-rum kurashida erkin kurashdan farqli ravishda raqiblarning oyoq qismidan ushlab usullar bajarishiga ruxsat etilmaydi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3 va 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniklanadi. Agar kurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1,2-davrada ketmaket gʻolib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan oʻzib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokor qaroriga qoʻra olishuv muddatidan oldin toʻxtatiladi. qadimiy koʻp xalqlarning milliy kurash turlarida zamonaviy Yunon-rum kurashida qoʻllaniladigan usullar boʻlgan (q. Kurash). Misrdagi mil. av. 260-yillarga oid yodgorlik toshlaridagi suratlarda hozirgi Yunon-rum kurashi usulida olishayotgan polvonlar aks ettirilgan. Yunonistonda oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari dasturiga mil. av. 708-yildan boshlab Yunon-rum kurashiga oʻxshash kurash musobaqasi kiritilgan. Rimda mil. av. 284-yildan Yunon-rum kurashini eslatadigan musobaqalar oʻtkazilgan. Yunon-rum kurashining zamonaviy qoidalari 19-asr boshlarida Fransiyada ishlab chiqilgan va shu qoidalar asosida Parijda 1848-yilda ochilgan kurash zalida musobaqalar tashkil qilish anʼanaga aylangan. Unda Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan polvonlar ham ishtirok etishgan. Yunon-rum kurashi musobaqalari 1896-yildan zamonaviy olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan va oʻsha yildan Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi taklifiga koʻra, rasman Yunon-rum kurashi deb atala boshlangan. Yunon-rum kurashi boʻyicha 1904-yildan professional (1950-yildan havaskor) kurashchilar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Yunon-rum kurashi va erkin kurash turlarini rivojlantirish maqsadida 1912-yilda Xalqaro havaskor kurashchilar assotsiatsiyasi (GʻPA) tuzilgan, unga 154 davlat (Oʻzbekiston 1992-yildan) aʼzo (2004).

Oʻzbekistonda Yunon-rum kurashi 19-asrning oxirlaridan ommalashgan. Bunda sirkda tashkil etilgan bellashuvlar muhim rol oʻynagan. Oʻzbekistonda yetishib chiqqan Ahmad polvon shunday musobaqalarda ishtirok etgan. Yunon-rum kurashi qoidalarining milliy qurash qoidalariga bir qadar oʻxshashligi bu sport turining mamlakatda tez rivojlanishga zamin yaratdi. Lev Turin, German Sandler, Rifat va Abdulmajid Ablayev kabi murabbiylar rahbarligida Yuriy Zelenin, Hamid Vohidov, Rustam Kazakov, Komil Fatkulin, Asliddin Xudoyberdiyev, Dilshod Oripov, Aleksandr Dokturishivili singari Yunon-rum kurashi ustalari olimpiada oʻyinlari, jahon chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalarda gʻolib chiqishgan. Mamlakatdagi 487 ta sport maktabi va toʻgarakda 191 murabbiy qoʻl ostida 5028 kishi Yunon-rum kurashi bilan shugʻullanadi (2004).

Ad.: Kerimov F., Sport kurashi nazariyasi va usuliyati, T., 2001; Dimov Ya ., Bratstvo palvanov, M., 2004.


Lotin alifbosida maqola: YUNON-RUM KURASHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERKIN KURASH
KURASH
FRANSIYA
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты