YUNUSOBOD TENNIS KORTI

«YUNUSOBOD» TENNIS KORTI — Toshkent shahridagi sport majmui (1996); Amir Temur shohkoʻchasida joylashgan «Yunusobod tennis korti»t. k. oʻzining mahobatli koʻrinishi, zamonaviy talablar asosida loyihalanishi va funksional mukammalligi bilan ahamiyatlidir. Ochiq kort maydonlari shohkoʻcha boʻylab eng baland inshoot — Toshkent televizion minorasi tagida joylashgan boʻlib, u bilan yaxlit meʼmoriy ansamblni tashkil qiladi. Ochiq kortlar orqasida, uning gʻarbiy qismida 3000 oʻrinli usti yopiq universal kort binosi qurilgan. Bino tarhi burchaklari aylanma chiziklar bilan chegaralangan toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, tomoshabinlar oʻrindiqlari oʻyin maydonini har tomondan qamrab olgan. Maxsus mehmonlar va sharhlovchilar joyi gʻarbiy sektorda, uning tepasida 200 oʻrinli qahvaxona va kichik bufetlar, qoʻshimcha (trenajer, sauna, dam olish xonalari, vrachlar xonasi, garderob, sportchilar xonasi, maʼmuriyat va texnik) xonalar tribuna tagidagi hududga qulay qilib joylashtirilgan. Bino tomining konstruksiyalari — yorugʻlik oʻtkazadigan leksanli ulkan temirbeton ravoqlar bilan ishlangan. Bunday tom va kortni oʻrab olgan 2qavat galereyasining derazalari bino qiyofasiga mos koʻrkam meʼmoriy koʻrinish baxsh etgan. «Yunusobod tennis korti»t. k. da Xalqaro sport musobaqalari oʻtkaziladi.


Lotin alifbosida maqola: YUNUSOBOD TENNIS KORTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
FRANSIYA
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты