YUNUSOV Adham Yunusovich

YUNUSOV Adham Yunusovich (1910.1.7 — Toshkent — 1971.16.10) — fiziolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960), biol. fanlari d-ri (1949), prof. (1950). Oʻrta Osiyo Paxtachilik va ipakchilik intini (1932) hamda ToshTI ni (1943) tugatgan. ToshTI, Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika inti, Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti fiziologiya kafedralarida assistent (1932—38), Farmatsevtika instituti fiziologiya kafedrasida dotsent, keyinchalik mudir (1938—49), ToshTI fiziologiya kafedrasi mudiri (1948—52). Oʻzbekiston maorif vaziri (1952—53). Oʻzbekiston FA akad. kotibi (1953—56), Oʻzbekiston FA Zoologiya va parazitologiya instituti (hoz. Fiiyulogiya instituti) fiziologiya boʻlimi mudiri (1956—71). Ilmiy ishlari odam va hayvon organizmidagi suvtuz almashinuvi regulyatsiya sidagi ovqat hazm qilish aʼzolarining ahamiyatini tekshirish, kimyoviy termoregulyatsiya, yuqori t-rali sharoitda fiziologik funksiyalar mexanizmining oʻzgarishini oʻrganish va boshqalar ga oid. Yunusov tadqiqotlari asosida issiq sharoitda ishlaydiganlarning tuz isteʼmol qilish meʼyori, qoramoldan meʼda shirasi olish usuli ishlab chiqilgan.

As: Fiziologiya krovi cheloveka i jivotnnx v jarkom klimate, T.. 1961; Adaptatsiya cheloveka i jivotnnx k vnsokoy temperature, T, 1971; Odam fiziologiyasi [Darslik], T, 1957.


Lotin alifbosida maqola: YUNUSOV Adham Yunusovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
PARAZITOLOGIYA
GEOGRAFIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты