YUNUSOV

YUNUSOV Mashrab (1909.25.5, Yaypan shahri — 1997.10.10, Toshkent) — aktyor, xonanda (lirik tenor). Oʻzbekiston xalq artisti (1952). 1931—33 yillar Fargʻona kz—sz teatrida, 1933—41 va yana 1945—62 yillar Andijon teatrida, 1963—89 yillar Toshkentdagi Muqimiy teatrida ishlagan. Yunusov ijodi psixologik oʻtkir talqini, yuksak mahoratli ijrosi bilan ajralib turadi. «Gulsara» (K. Yashin)dagi Qodir, «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla)da Tohir, «Qurbon Umarov» (S. Abdulla)da Qurbon, «Ravshan va Zulxumor» (K. Yashin)da Ravshan, «Romeo va Julyetta» (U. Shekspir)da Paris, «Alisher Navoiy» (I. Sulton, Uygʻun)da Alisher Navoiy, «Momo yer» (Ch. Aytmatov)da oqsoqol, «Maysaraning ishi» (Hamza) da Choʻpon, «Olifta» (F. Musajonov)da Yakvalxoʻja, «Paranji sirlari» (Hamza) da Norboyvachcha, Umurzoqboy kabi rollari bilan shuhrat qozongan.

Yunusov film («Tohir va Zuhra»da Parpi hofiz, «Oʻtgan kunlar»da tabib, «Furqat»da Ruhiy, «Mehrobdan chayon»da Kalonshoh, «13 terak koʻchasi»da Hakim aka, «Olovli yoʻllar»da Shayx va boshqalar) va televizion videofilm («Ulugʻbek xazinasi»da Shayxulislom, «Alisher Navoiy»da Fasihiddin va boshqalar)larda ham suratga tushgan.


Lotin alifbosida maqola: YUNUSOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
ABDULLA QODIRIY
Manzura - Romeo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты