YUNUSOV Muhammadjon Sobirovich

YUNUSOV Muhammadjon Sobirovich (1932.5.1 — Oʻsh viloyati, Jalolobod shahri — 2002.15.10) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), fizikamat. fanlari d-ri (1981), prof. (1983). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1955). Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida ilmiy xodim (1955-yildan), lab. mudiri (1971—78, 1982—83), tajriba z-diga ega boʻlgan maxsus konstruktorlik byurosi direktori (1978—79, 1988—89), direktor oʻrinbosari (1979 — 82), Oʻzbekiston FA «Fizika—Quyosh» ilmiy i. ch. birlashmasi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari (1987 — 88), Toshkent elektrotexnika aloqa in-tida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1983—88). Ilmiy ishlari aralashmalar bilan boyitilgan yarimoʻtkazgichlar va ular asosidagi asboblarning tuzilmalariga turli koʻrinishdagi energiyalar va chuqur kirib boruvchi nurlar taʼsir etganda ularda yuz beradigan elektr jarayonlarni tekshirishga bagʻishlangan. Yunusov boshchiligida q. x. uchun oʻta muhim va istiqbolli boʻlgan masala — maxsus aralashmalar bilan boyitilgan yarim oʻtkazgichlarda radiatsion jarayonlarni oʻrganish asosida qator ilmiy yechimlar ishlab chiqildi. Axad. P. Q. Habibullayev bilan hamkorlikda Yunusov gʻoʻza urugʻini ekish oldidan fizik taʼsirdan oʻtkazish yoʻli bilan paxta hosilini oshirish masalasini hal qildi.

As: Fizicheskiye yavleniya v kremnii, legirovannom elementami platinovoy grushsh, T., 1983; Elementarnne atomnne protsessы i elektronnaya struktura defektov v poluprovodnikax (v soavtorstve), T., 1986.


Lotin alifbosida maqola: YUNUSOV Muhammadjon Sobirovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FIZIKA
YAPONIYA
YER
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты