YUNUSOVA Tamara Yunusovna

YUNUSOVA Tamara Yunusovna (1937.19.11, Toshkent 2005.25.1) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1973). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1954). 1954—57 yillar Oʻzbek davlat estradasi, 1957—71 yillar «Bahor» ansambli, 1971—86 yillar «Oʻzbekkonsert», 1986—89 yillar Oʻzbek davlat filarmoniyasida ishlagan. Uning raqslari yengil va yaxlit harakatlari, inson ichki kechinmalarini nafis va serjilo harakatlarda ifodalay olish, oʻziga xos xiromi bilan ajralib turadi. Uning repertuaridan mumtoz va zamonaviy («Tanavor», «Shoʻx qiz», «Bahor tongi», «Rohat», «Pilla», «Nay yallasi», «Zavqim kelur», «Uchrashuv» va boshqalar) hamda tojik, qozoq, rus, hind, arab, yapon va boshqalar xalqlar raqslari oʻrin olgan. 5-(Varshava, 1955), 6-(Moskva , 1957), 8-(Xelsinki, 1962) jahon yoshlari festivallari laureati.


Lotin alifbosida maqola: YUNUSOVA Tamara Yunusovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
QOZOGʻISTON
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты